Surxondaryo viloyati bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”
04.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 122-sonli qarori ijrosi
doirasida Surxondaryo viloyati bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq,
qishloq suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini
amalga oshirish va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
Surxandaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari
bo‘yicha ilmiy maslahatchisi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori R.Ergashev
va qarorga asosan biriktirilgan mutaxassislar
bilan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarish yo‘nalishida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Professor R.Ergashev Termiz
davlat muxandislik va agrotexnologiyalari universiteti ilmiy kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 122-sonli
qarorida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2026-yil 12-martdagi 02/09-1494-son xatining 1-ilovasiga muvofiq, Surxondaryo viloyatidagi Oliy o‘quv yurtlaridagi
yetakchi professor -o‘qituvchilar biriktirilganligi va ular bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarish
bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Universitet rektori R.Turaev
o‘z so‘zida universitet professor -o‘qituvchilari ilmiy xamda xayotiy tajribalaridan foydalanib, qarorda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish yo‘nalishida
xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borish imkoniyat tug‘ulganligi va universitet olimlari o‘z ishlanmalari xamda texnik yechimlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish
imkoniyatlaridan unumli foydalanishlari lozimligini aytib o‘tdi. Bu yo‘nalishda,
ayniqsa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2026-yil 12-martdagi 02/09-1494-son xatining 1-ilovasiga muvofiq universitetdan
biriktirilgan professor -o‘qituvchilarga katta ishonchni oqlash uchun o‘z ikoniyatlarini
to‘liq ishga solishlariga ishonch bildirdi.