Surxondaryo viloyati bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”

04.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 122-sonli qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, qishloq suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan

MA’LUMOT

Surxandaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori R.Ergashev va qarorga asosan biriktirilgan mutaxassislar bilan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarish  yo‘nalishida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Professor R.Ergashev Termiz davlat muxandislik va agrotexnologiyalari universiteti  ilmiy kengashida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 122-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash uchun  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 12-martdagi 02/09-1494-son xatining 1-ilovasiga muvofiq,  Surxondaryo viloyatidagi Oliy o‘quv yurtlaridagi yetakchi  professor -o‘qituvchilar biriktirilganligi  va ular bilan birgalikda  “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarish  bo‘yicha  ma’lumotlar berdi.

Universitet rektori  R.Turaev o‘z so‘zida universitet professor -o‘qituvchilari ilmiy xamda xayotiy  tajribalaridan foydalanib,  qarorda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish yo‘nalishida  xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyat tug‘ulganligi va universitet olimlari o‘z ishlanmalari xamda  texnik yechimlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyatlaridan unumli foydalanishlari lozimligini aytib o‘tdi.   Bu yo‘nalishda,  ayniqsa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 12-martdagi 02/09-1494-son xatining 1-ilovasiga muvofiq universitetdan biriktirilgan professor -o‘qituvchilarga katta ishonchni oqlash uchun   o‘z ikoniyatlarini  to‘liq ishga solishlariga ishonch bildirdi.