Farg‘ona viloyati sharoitida dual ta’limning mohiyati
04.05.2026
Ma’lumki keyingi yillarda iqlim keskin o‘zgarishi hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi doirasida suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda Farg‘ona viloyatining 370 ming gektar sug‘oriladigan yer
maydoni bo‘lib, yiliga 3,4 mlyard. m3 suv sarflanadi, suvni
yo‘qotilishi 30 foizni, bugungi kungacha suv tejovchi texnologiyalarni joriy
qilish 51 foizni tashkil etadi. 2026 yil ushbu ko‘rsatkichni 41 ming gektar maydonga
chiqarib, ilmiy asoslangan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni 70
foizga yetkazish uchun tuman fermerlari, klasterlari bilan seminarlar tashkil
etilib, bunda yerlarning meliorativ holati, mexanik tarkibiga qarab
tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan, pulsar va lazerli texnologiyalar
qo‘llash orqali 392 mln m3 suv tejalishiga erishamiz.

Farg‘ona viloyatda 3 ta suv ombori (suv resurslarining 51 foizi
Norin-Sirdaryo, 15 foizi Qoradaryo, 24 foizi mahalliy soylar, 6 foizi yer osti
hamda 4 foizi kollektor suvlariga to‘g‘ri keladi), 6214 km xo‘jaliklararo,
12398 km ichki sug‘orish tarmoqlari, 168 dona davlat hisobidagi nasos
stansiyalar, 3589 dona tik quduqlar va nasos agregatlari hamda 15057 km
kollektor drenaj tarmoqlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-122-son qarorining Viloyat hokimligi, Ilmiy maslahatchi, Boshqaruv samaradorligi agentligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan birgalikda 2026 yil 11 maydan boshlab 46 nafar talabaning dual ta’lim asosida amaliyot o‘tashiga zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Bunda:
– qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasi
bo‘yicha 15 nafar, suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 9 nafar, gidrotexnika
inshootlari qurilishi va gidroenergetika sohasi bo‘yicha 22 nafar talaba
amaliyot o‘taydi;
– har bir talaba aniq obyektlarga (kanal, nasos
stansiyasi, gidrotexnika inshootlariga) biriktiriladi va unga tajribali
mutaxassis “ustoz” qilib belgilanadi.
– “Ustoz–shogird” an’analari asosida talabalarga real
ish jarayoni o‘rgatiladi, ularni yashash, ovqatlanish va xavfsizlik vositalari
bilan ta’minlash bo‘yicha sharoitlar yaratiladi.
Joriy yilning 27-28 aprel kunlari Farg'ona viloyatining “Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmasi” huzuridagi “Suvchilar maktabida” Farg'ona davlat
universitetining “Agrar qo'shma” fakultetining “Tuproqshunoslik”
kafedrasi professori, qishloq xo'jaligi fanlari doktori Zakirova Sanoatxon
Homdomovna hamda shu universitetning 4-kurs “Tuproqshunoslik” yoʻnalishi
talabalari bilan Farg'ona viloyati xokimining “Qishloq va suv xo‘jaligi
bo‘yicha” Ilmiy maslahatchisi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jalignii
mexanizatsiyalash muhandislari institute” Milliy tadqiqot universitetining “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi
professori, qishloq xo'jaligi fanlari doktori Isayev Sabirjan Xusanbayevich
bilan “Tuproqshunoslik” yoʻnalishi talabalar bilan tadbir davomida
yurtimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasida amalga
oshirilayotgan yangilik va o‘zgarishlar xususida atroflicha ma’lumotlar
berildi. Shu bilan birga, DUAL ta’lim bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berildi
hamda talabalarni dual ta’limda faol ishtirok etishga undash masalalariga ham
alohida e’tibor berishligi ta’kidladi hamda dual ta’limda faol ishtirok e’tib
o‘z olgan bilimlari asosida keyinchalik ish bilan ta’minlanishiga zamin
yaratilishi haqida ma’lumotlar berildi.