Talabalar yotoqxonasida mazmunli mashg‘ulot
01.05.2026
2026-yil 30-aprel kuni 8-sonli talabalar yotoqxonasida “Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili” yo‘nalishi talabalari ishtirokida darsdan tashqari navbatdagi mazmunli mashg‘ulot "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari: Maxsudbekova Nozima, Mirsaidova Madina, Jiyenbayeva Aydana, Sobirova Ozoda, Ergasheva Nasiba tomonidan tashkil etildi. “Cultural traditions” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda talabalar juda faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida turli xalqlarning urf-odatlari yuzasidan o‘zaro savol-javoblar orqali fikr almashildi, shuningdek, maxsus test savollari yordamida bajarilgan mashqlar orqali bilimlar mustahkamlandi. Bunday interaktiv mashg‘ulotlar bo‘lajak filologlarning ham kasbiy bilimini, ham dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Ingliz tili" kafedrasi
Universitet matbuot xizmati