Tarixiy xotira va ma’naviy saboq
01.05.2026
2026-yilning 30-aprel kuni “Iqtisodiyot” fakulteti “Tillar” kafedrasi mudiri professor Sh. Abdullayeva boshchiligida “O‘zbek tili” fani o‘qituvchilari tomonidan Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Iqtisodiyot”, “Ekologiya va huquq”, “Yer resurslari va kadastr” hamda boshqa fakultet talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Ustozlar va talabalar tomonidan adibning hayoti va ijodi, serqirra faoliyati, ilg‘or qarashlari hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida mazmunli ma’lumotlar berildi, shuningdek, uning hikmatli o‘gitlari yangradi, badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazkur tadbir yoshlarimiz uchun nafaqat tarixiy xotira, balki ilm olishga intilish, vatanparvarlik tuyg‘usi, yurt manfaatini o‘ylash hamda ma’naviy saboq bo‘ldi. Zero, tarixni yod olish yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir.
“Iqtisodiyot” fakulteti
“Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi M. Qo‘shnazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati