Suv xoʻjaligida innovatsion yondashuvlar
01.05.2026
Qishloq va suv xoʻjaligi muhandislarini tayyorlash tizimi yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122 sonli qaroriga asosan: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat
arxitektura-qurilish universitetida rektor, professor Chidem Janbay Turkyilmaz
xonim rahbarligida muhim uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida zamonaviy
texnologiyalarga asoslangan intellektual nasos boshqaruv tizimiga bagʻishlangan
innovatsion loyiha taqdim etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, “TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universiteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri,
Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha
ilmiy maslahatchisi I. Ruziyev, shuningdek, ISMITI huzuridagi Samarqand
mintaqaviy markazi direktori hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar
ishtirok etdi.
Loyiha doirasida suv resurslaridan samarali foydalanish,
energiya tejamkorligini taʼminlash va nasos stansiyalarini avtomatlashtirilgan
tarzda boshqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Intellektual boshqaruv tizimi nasos uskunalarining
ishlash rejimini real vaqt rejimida nazorat qilish, avariyaviy holatlarni
barvaqt aniqlash va umumiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bu esa suv
xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Uchrashuv yakunida mazkur innovatsion loyihani
amaliyotga tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish hamda
sohadagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Universitet matbuot xizmati