Suv xoʻjaligida innovatsion yondashuvlar

01.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Qishloq va suv xoʻjaligi muhandislarini tayyorlash tizimi yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122 sonli qaroriga asosan: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida rektor, professor Chidem Janbay Turkyilmaz xonim rahbarligida muhim uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan intellektual nasos boshqaruv tizimiga bagʻishlangan innovatsion loyiha taqdim etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha ilmiy maslahatchisi I. Ruziyev, shuningdek, ISMITI huzuridagi Samarqand mintaqaviy markazi direktori hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Loyiha doirasida suv resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkorligini taʼminlash va nasos stansiyalarini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Intellektual boshqaruv tizimi nasos uskunalarining ishlash rejimini real vaqt rejimida nazorat qilish, avariyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va umumiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida mazkur innovatsion loyihani amaliyotga tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish hamda sohadagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

 Universitet matbuot xizmati