2025-yilda xalqaro hamkorlik doirasida erishilgan natijalar ko‘rgazmada namoyish etildi
01.05.2026
Ko‘rgazmada
universitetning xorijiy hamkorlari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda
amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari keng jamoatchilikka taqdim etildi.
Jumladan, VEGERA va LUPIC loyihalari hamda British Council
bilan hamkorlikdagi dasturlar doirasida erishilgan yutuqlar alohida e’tibor
markazida bo‘ldi.
Germaniyaning
Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan xamkorlikdagi VEGERA loyihasi
doirasida universitetda zamonaviy DEMO HOUSE laboratoriyasining ishga
tushirilgani, professor-o‘qituvchilarning xalqaro stajirovkalarda ishtiroki,
raqamli ta’lim dasturlarining joriy etilishi hamda xalqaro ilmiy maqolalar va
konferensiyalar natijalari namoyish qilindi.

Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti bilan xamkorlikdagi LUPIC loyihasi doirasida esa Kasbiy Ta’lim Texnikumi, yani Mexatronika texnikumi va DEISC markazining zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangani, o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro stajirovkalar, treninglar hamda akademik almashinuv dasturlarining yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, qo‘shma darsliklar va ilmiy tadqiqotlar natijalari taqdim etildi.
British
Council bilan
hamkorlikdagi IELTS Partnership Program doirasida talabalar tomonidan
qo‘lga kiritilgan IELTS sertifikatlari, ushbu natijalar asosida xorijiy
universitetlarga grant va stipendiyalarni qo‘lga kiritgan talabalar
yutuqlari hamda universitet miqyosidagi ilmiy tadbirlarda tashkilotning
qo‘llab-quvvatlash faoliyati ko‘rgazmada alohida o‘rin egalladi.

Mazkur
ko‘rgazmada “Iqtisodiyot” fakulteti dotsenti Go'zal Eshchanova ham faol
ishtirok etib, u VEGERA va LUPIC xalqaro grantlari ishtirokchisi
hamda British Council bilan hamkorlikdagi dasturlar koordinatori
sifatida taqdim etilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ko‘rgazmaga
tashrif buyurgan mehmonlar taqdim etilgan natijalarni yuqori baholab, mazkur
loyihalar universitetda ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladilar.