LUPIC loyihasi doirasida xalqaro hamkorlik natijalari
30.04.2026
#Xalqaro hamkorlik
Capacity Building Project | 2025–2026
LUPIC
(Leading Universities Program for International Cooperation) loyihasi “TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti tomonidan Janubiy Koreya ODA jamg‘armasi granti
asosida amalga oshirilmoqda.
Loyiha
2024–2029 yillarni qamrab oladi va umumiy byudjeti 1 milliard 666 million KRWni
tashkil etadi. 2025–2026 yillar uchun 400 million KRW mablag‘ ajratilgan.
Loyiha maqsadi
LUPIC
loyihasi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, raqamli
transformatsiyani rivojlantirish hamda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya
qilishga qaratilgan.
Asosiy natijalar
Zamonaviy jihozlar va laboratoriyalar
157,500,000
KRW qiymatidagi kompyuterlar va zamonaviy texnik uskunalar Janubiy Koreyadan
olib kelinib, Mexatronika texnikumi hamda DEISC (Digital Education Innovation
Support Centre) markaziga topshirildi va foydalanishga joriy etildi.
Professor-o‘qituvchilar uchun imkoniyatlar- Har yili 5 nafar professor-o‘qituvchi
uchun Janubiy Koreyada stajirovka tashkil etilmoqda
- Xalqaro treninglar va malaka oshirish
kurslari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda
Talabalar uchun xalqaro dasturlar
GSK
stipendiyasi asosida universitetimizning 2 nafar magistr talabasi Keimyung
College University da 6 oylik stajirovkaga qabul qilindi.
O‘quv
va ilmiy natijalar- Koreya va O‘zbekiston hamkorligida 10 ta
darslik chop etildi
- Scopus maqolalari hamda xalqaro ilmiy
ishlar hammualliflikda nashr etildi
Xalqaro ilmiy hamkorlik
Koreya
va O‘zbekiston tadqiqotchilari ishtirokida konferensiyalar, forumlar va
simpoziumlar muntazam tashkil etilmoqda.
Global Students Technical Program
Dastur
doirasida Koreya va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari (25
nafar) ishtirokida Samarqand shahrida xalqaro texnik ta’lim dasturi tashkil
etildi.
LUPIC
loyihasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy
etishda muhim strategik ahamiyatga ega platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.