LUPIC loyihasi doirasida xalqaro hamkorlik natijalari

30.04.2026

#Xalqaro hamkorlik

Capacity Building Project | 2025–2026
LUPIC (Leading Universities Program for International Cooperation) loyihasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan Janubiy Koreya ODA jamg‘armasi granti asosida amalga oshirilmoqda.
Loyiha 2024–2029 yillarni qamrab oladi va umumiy byudjeti 1 milliard 666 million KRWni tashkil etadi. 2025–2026 yillar uchun 400 million KRW mablag‘ ajratilgan.
 Loyiha maqsadi
LUPIC loyihasi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, raqamli transformatsiyani rivojlantirish hamda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
 Asosiy natijalar
 Zamonaviy jihozlar va laboratoriyalar
157,500,000 KRW qiymatidagi kompyuterlar va zamonaviy texnik uskunalar Janubiy Koreyadan olib kelinib, Mexatronika texnikumi hamda DEISC (Digital Education Innovation Support Centre) markaziga topshirildi va foydalanishga joriy etildi.
 Professor-o‘qituvchilar uchun imkoniyatlar
  • Har yili 5 nafar professor-o‘qituvchi uchun Janubiy Koreyada stajirovka tashkil etilmoqda
  • Xalqaro treninglar va malaka oshirish kurslari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda
 Talabalar uchun xalqaro dasturlar
GSK stipendiyasi asosida universitetimizning 2 nafar magistr talabasi Keimyung College University da 6 oylik stajirovkaga qabul qilindi.
O‘quv va ilmiy natijalar
  • Koreya va O‘zbekiston hamkorligida 10 ta darslik chop etildi
  • Scopus maqolalari hamda xalqaro ilmiy ishlar hammualliflikda nashr etildi
 Xalqaro ilmiy hamkorlik
Koreya va O‘zbekiston tadqiqotchilari ishtirokida konferensiyalar, forumlar va simpoziumlar muntazam tashkil etilmoqda.
 Global Students Technical Program
Dastur doirasida Koreya va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari (25 nafar) ishtirokida Samarqand shahrida xalqaro texnik ta’lim dasturi tashkil etildi.
LUPIC loyihasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim strategik ahamiyatga ega platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.