Hamkorlikning yangi bosqichlari – buyuk petr nomidagi Sankt – Peterburg politexnika universiteti vakillari tashrifi
30.04.2026
Gidromelioratsiya fakulteti “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi taklifiga asosan universitetimizga Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr nomidagi Sankt – Peterburg politexnika universiteti vakillari: xalqaro ta’lim muassalariaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Belyayevskaya Yekaterina Anatolyevna va “Transport” oliy maktabi dotsenti Plotnikov Dmitriy Georgiyevichlar tashrif buyurishdi.
Universitetda tashkil etilgan davra suhbatida xalqaro
hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sherzod Qosimovich Rahmonov, Gidromelioratsiya
fakulteti dekani Javlonbek Qurbanbayevich Ishchanov va kafedra mudiri Begmat
Xolmatovich Norovlar ishtirok etishdi.
Dastlab mehmonlarga universitetimiz haqida qisqacha
ma’lumot berildi. Mehmonlar vakili universitetimizda so‘nggi yillarda olib
borilayotgan islohotlar, uning xalqaro arenadagi mavqei hamda o‘zaro
hamkorlikni yuqori baholab, qisqacha Buyuk Petr nomidagi Sankt – Peterburg
politexnika universiteti va xalqaro ta’lim muassasalariaro hamkorlikning
imkoniyatlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Universitetlararo hamkorlikning hozirgi kuni,
erishilgan natijalar tahlil qilindi. Kelajakda hamkorlikning yo‘nalish hamda
rejalari, jumladan, gidrotexnika inshootlari qurilishi, gidroenergetika,
robototexnika, uchuvchisiz uchish
apparatlari, tiklanuvchi energiya manbalari, materialshunoslik, mashinasozlik
va qator sohalarda hamkorlikda
ilmiy-tadqiqolar olib borish, akademik mobillik hamda professor-o‘qituvchilar
stajirovkasi, ularni qayta tayyorlash va o‘quv jarayoniga
professor-o‘qituvchilarni jalb qilish masalalarida qilinishi lozim bo‘lgan
vazifalar belgilab olindi.
Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti