English Day: – Orzular sari sayohat!

30.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

29-aprel kuni  "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan universitetning kirish darvozasi oldida "Travel Destinations" (Sayohat manzillari) mavzusida "English Day" tashkil etilib, uning shiori "Dream places, real adventures" (Orzudagi maskanlar, haqiqiy sarguzashtlar) deb nomlangan. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda dunyoning eng yaxshi va qiziqarli sayohat maskanlari haqida ingliz tilida savollarga javob berish hamda ularning erkin muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishdir.

Mazkur jarayonni tashkil etish va o'tkazishga mas'ul o'qituvchilarimiz Tuxtabayeva Zamira, Yuldashova Nargiza, Sobirova Ozoda, Yoqubov Odil va Ergashova Laziza kirib kelayotgan talabalar bilan kichik o'yin tariqasida suhbatlar qurishdi va shirinliklar ulashishdi.

Barcha talabalarni har hafta bo'ladigan "English day"da faol ishtirok etishga chorlaymiz!

"Ingliz tili" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati