Sirdaryo viloyati, Guliston tumani hokimligida innovatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08.05.2026
Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimligida raqamli texnologiyalar va zamonaviy agroinnovatsiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan muhim uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda quyidagi mas’ullar ishtirok etdi:
– Guliston tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhriddin Xotamov
– Guliston tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor O‘tbasarov
– Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi, q.x.f.d., dotsent Durdiyev Normat Hasanovich

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Xususan:
• dron texnologiyalari yordamida ekin maydonlariga suspenziya (o‘g‘it va himoya vositalari)ni aniq va samarali sepish;
• multispektral tahlillar orqali o‘simliklarning stress holatini erta bosqichda aniqlash;
• vegetatsiya jarayonida rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarni masofadan zondlash usullari asosida xaritalash.
Ta’kidlandiki, ushbu innovatsion yondashuvlar resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda agroekotizimlarning barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida mazkur texnologiyalarni hududda pilot loyiha sifatida joriy etish va ilmiy-amaliy natijalarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.