O’zbekiston-Koreya: Kasbiy ta’limda yangi bosqich “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitet, Keimyung kollej universiteti va Kasbiy ta’lim agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi
26.04.2026
2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–122-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda kasbiy ta’lim tizimini xalqaro darajada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 24-aprel sanasida muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv
Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi xuzuridagi Kasbiy ta’lim agentligida
tashkil etildi. Unda
- Kasbiy ta’lim agentligi
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ”Milliy tadqiqot
universitet
Keymyung Kollej University (Janubiy Koreya) vakillari ishtirok etishdi.
Asosiy natija: uch tomonlama memorandum
imzolandi
Uchrashuv
yakunida “LUPIC – Leading Universities Program for International Cooperation
(2024–2029)” xalqaro dasturi doirasida “TIQXMMI” Milliy
Tadqiqot Universitet, Keymyung Kollej Universiteti, Kasbiy Ta’lim Agentligi
o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi
Tadbirda Azimjon Xusanov
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim
agentligi direktori, bir qator agentlik vakillari, Go’zal Eshchanova “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti
dotsenti va Keymyung Kollej Universitetidan Lee Dongjun, Lee Sungha, Kim
Yelim, Nam Jisung, Park Jiyeon kabi xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvning strategik yo‘nalishlari
1. DEISC markazi faoliyatini rivojlantirish
Universitet
tarkibidagi Digital Education Innovation Support Center (DEISC)
faoliyati yangi bosqichga olib chiqiladi.
DEISC Markazi doirasida:
- texnikum
o‘qituvchilarining malakasini oshirish
- Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi
asosida xalqaro treninglar (onlayn va oflayn)
- raqamli ta’lim
texnologiyalarini joriy etish
- amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv
metodikalarini ishlab chiqish
DEISC markazi kasbiy ta’lim uchun xalqaro
metodik va innovatsion platforma sifatida shakllantirilmoqda.
2.
Xalqaro trening va malaka oshirish dasturlari
Koreyalik ekspertlar ishtirokida:
- qo‘shma
o‘quv-treninglar
- pedagoglar uchun
professional rivojlanish dasturlari
- amaliy seminar va workshoplar yo‘lga qo‘yiladi.
DEISC markazi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Prof.
Lee
Sungha, Keymyung Kollej Universiteti
va Go’zal Eshchanova “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutti”
Milliy
Tadqiqot Universitet dotsenti mas’ullar ekanligi yana bir bor ta’kidlandi va xamkorlikdagi vazifalar atroflicha muxokama qilindi.
Asosiy maqsadlar
Uchrashuv
va memorandum quyidagi strategik yo‘nalishlarga xizmat qiladi:
- kasbiy ta’lim
sifatini oshirish
- raqamli
transformatsiyani jadallashtirish
- mehnat bozori talablariga mos kadrlar
tayyorlash
- O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini
kengaytirish
- xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga
integratsiya qilish
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–122-son qarorida belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarga to‘liq mos keladi:
- kasbiy ta’lim
tizimini modernizatsiya qilish
- dual ta’limni
rivojlantirish
- texnikumlarda amaliyotga yo‘naltirilgan
ta’limni kuchaytirish
- xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish
- pedagoglar
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
Imzolangan
uch tomonlama memorandum:
- kasbiy ta’lim tizimini xalqaro
standartlarga olib chiqish raqamli innovatsiyalarni keng joriy
etish
- O‘zbekiston–Koreya ta’lim
hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida muhim strategik hujjat sifatida
xizmat qiladi.