O’zbekiston-Koreya: Kasbiy ta’limda yangi bosqich “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitet, Keimyung kollej universiteti va Kasbiy ta’lim agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi

26.04.2026

#Xalqaro hamkorlik

2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–122-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda kasbiy ta’lim tizimini xalqaro darajada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 24-aprel sanasida muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi xuzuridagi Kasbiy ta’lim agentligida tashkil etildi. Unda

  • Kasbiy ta’lim agentligi
  • “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ”Milliy tadqiqot universitet
     Keymyung Kollej University (Janubiy Koreya) vakillari ishtirok etishdi.

 

 Asosiy natija: uch tomonlama memorandum imzolandi

Uchrashuv yakunida “LUPIC – Leading Universities Program for International Cooperation (2024–2029)” xalqaro dasturi doirasida                      “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitet, Keymyung Kollej Universiteti, Kasbiy Ta’lim Agentligi o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi

 

Tadbirda Azimjon Xusanov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi direktori, bir qator agentlik vakillari, Go’zal Eshchanova “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti dotsenti va Keymyung Kollej Universitetidan Lee Dongjun, Lee Sungha, Kim Yelim, Nam Jisung, Park Jiyeon kabi xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

 

 

 Uchrashuvning strategik yo‘nalishlari

 1. DEISC markazi faoliyatini rivojlantirish

Universitet tarkibidagi Digital Education Innovation Support Center (DEISC) faoliyati yangi bosqichga olib chiqiladi.

DEISC Markazi doirasida:

  • texnikum o‘qituvchilarining malakasini oshirish
  • Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi asosida xalqaro treninglar (onlayn va oflayn)
  • raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish
  • amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish

 DEISC markazi kasbiy ta’lim uchun xalqaro metodik va innovatsion platforma sifatida shakllantirilmoqda.

2. Xalqaro trening va malaka oshirish dasturlari

Koreyalik ekspertlar ishtirokida:

  • qo‘shma o‘quv-treninglar
  • pedagoglar uchun professional rivojlanish dasturlari
  • amaliy seminar va workshoplar yo‘lga qo‘yiladi.


DEISC markazi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Prof. Lee Sungha, Keymyung Kollej Universiteti va Gozal EshchanovaToshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituttiMilliy Tadqiqot Universitet dotsenti masullar ekanligi yana bir bor takidlandi va xamkorlikdagi vazifalar atroflicha muxokama qilindi.

 

 Asosiy maqsadlar

Uchrashuv va memorandum quyidagi strategik yo‘nalishlarga xizmat qiladi:

  • kasbiy ta’lim sifatini oshirish
  • raqamli transformatsiyani jadallashtirish
  • mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash
  • O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini kengaytirish
  • xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish

 Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–122-son qarorida belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarga to‘liq mos keladi:

  • kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish
  • dual ta’limni rivojlantirish
  • texnikumlarda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish
  • xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish
  • pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

 

Imzolangan uch tomonlama memorandum:

- kasbiy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga olib chiqish raqamli innovatsiyalarni keng joriy etish

- O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida muhim strategik hujjat sifatida xizmat qiladi.