O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Toshkent viloyatida “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar.
26.04.2026
Toshkent viloyati
“Yo‘l xaritasi”dagi ishlar yuzasidan, Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i B.Qurbonov, Suv xo‘jaligi vazirligi xodimi Toshkent viloyati bo‘yicha vakili T.Qayumov, Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori L.Samiyev, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri O‘.Jovliyev va xududlardagi suv xo‘jaligi bo‘yicha mas’ullar hamda hududlardagi soha xodimlari belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildilar.
Toshkent viloyatining Buka, Oqqurg‘on, Bekobod, Toshkent tumanlarida ilmiy texnik kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Xususan suv tejovchi texnologiyalarni, quvurlarni o‘rnatish va montaj ishlaridagi ba’zi kamchiliklar bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.
Toshkent viloyatida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarning ilmiy yechimiga qaratilgan «yo‘l xaritasi»da 2026-yilda jami 9 ta yo‘nalishda amalga oshiriladigan kuyidagi ishlar belgilab olindi:
– jami 350,4 mln m³ - Suvni ilmiy asosda samarali boshqarish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish, kanallar va sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish hisobidan suvni iqtisod qilish;
– mavjud 3158,7 km kanallardan 2326,5 km qismi tuproq o‘zanli hisoblanib, 2026-yilda jami 1252,7 km(shundan 3 km magistral va tumanlararo, 69,7 kmxo‘jaliklararo suv yetkazib berish xizmati DM hisobidagi ichki kanallar hamda 1180 km fermer va klaster) kanallarni betonlashtirish;
– 83,0 ming gektar maydonda suvni tejovchi texnologiyalar (jumladan, 9,7 ming ga tomchilatib, 3,0 ming ga yomg‘irlatib, 2,2 ming ga diskret sug‘orish hamda 26,7 ming ga boshqalar) joriy etish;
– sho‘rlangan yerlar ulushini 1,2 ming gektarga qisqartirish;
– 60 ta nasos agregatlari va elektrodvigatellarni almashtirish, ta’mirlanadigan nasos stansiyalari hisobiga 1,1 mln kVt/soat elektr energiyasini tejash;
nasos stansiyalariga o‘rnatiladigan quyosh paneli 3550 kVt
– irrigatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish uchun jami 505 ming dollar investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish;
– Suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlarida chorvachilik, parranda, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali 629 tonna go‘sht yetishtirish.
Ilmiy maslahatchi va Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan bilan birgalikda 2026-yil 1-maydan boshlab “Suv xo‘jaligi melioratsiyasi” va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” bakalavr yo‘nalishlari talabalarning dual ta’lim asosida amaliyot o‘tashiga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.