O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 122-sonli qarori ijrosi doirasida tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilish maqsadida ilmiy-amaliy o‘rganishlar amalga oshirildi.
25.04.2026
Surxandaryo viloyati
Surxandaryo viloyati Termiz tumanida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori, Surxandaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi R. Ergashev va soha mutaxassislari o‘rganish olib bordi.
2026-yilda viloyatdagi “T-L” kanalining 11,3 km qismini betonlashtirish, ushbu kanal bo‘yicha loyiha xujjatlari tayyorlanmoqda, Respublika byudjeti mablag‘laridan 6 mlrd so‘m ajratilgan, 30 km tuman suv yetkazib berish xizmati balansidagi ichki kanallarni betonlashtirish ishlarida rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda ishlar yakuniga yetkazilgan.
Termiz tumanida 4 115 gektar maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan, bugungi kunda qurilish montaj ishlari amalga oshirilmoqda, ilmiy xodimlar tomonidan kuzatuv ishlari olib borilib, ilmiy-texnik xulosalar berib borilmoqda.