Biznes yetakchilari x Leader: Ivey Business School hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro seminar muvaffaqiyatli yakunlandi!

25.04.2026

#Xalqaro hamkorlik

2026-yil 13–24-aprel kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Kanadaning nufuzli Ivey Business School o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida tashkil etilgan xalqaro biznes seminari o‘z samaradorligini isbotlab, yuqori natijalarga erishdi! 


Ushbu dastur davomida ishtirokchilar real biznes holatlari (case studies) asosida amaliyot o‘tish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini egallash hamda xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish orqali o‘z professional potentsiallarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu shubhasiz, bizning jamoa uchun katta o‘sish imkoniyati va strategik qadamdir! 


Seminar quyidagi yuqori qo‘shimcha qiymatlar bilan ajralib turdi:


✅ Amaliy workshop va treninglar orqali ko‘nikmalarni rivojlantirish


✅ Kuchli mentorlik va coaching sessiyalari orqali yetakchilik sifati oshishi


✅ Tadbirkorlar, tadqiqotchilar va talabalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik tarmog‘i


✅ Xalqaro networking va tajriba almashinuvi orqali yangi imkoniyatlar ochilishi.


Dastur yakunida ishtirokchilar o‘z biznes g‘oyalari va loyihalari ustida ishlab, aniq yo‘l xaritalari bilan kelajakka qaratilgan rejalarni belgilashdi. 


 Ushbu loyiha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, universitetimiz nufuzini oshirish hamda yangi avlod yetakchilarini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Biz barcha ishtirokchilar, instruktorlar va hamkorlarimizning faol ishtiroki va qo‘llab-quvvatlagani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz!