“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi navbatdagi muhim natijaga erishdi.
24.04.2026
G‘ururli yutuq: EcoStartup xalqaro tanlovi | Ostona, Res+Expo
Ozodov E’zozbek, PhD rahbarligida ishlab chiqilgan suvni intellektual tozalash tizimiga bag‘ishlangan startap loyihasi Ostona shahrida o‘tkazilgan Res+Expo doirasidagi EcoStartup xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


MDH davlatlaridan saralab olingan 15 ta yetakchi loyiha orasida mazkur jamoa 1-o‘rinni egallab, Gran-pri sohibi bo‘ldi .
Loyiha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari orasida eng yuqori bahoga loyiq deb topildi. U yuqori muhandislik salohiyati bilan bir qatorda suv tanqisligi kabi dolzarb global muammolarga amaliy yechim taklif etishi bilan ajralib turdi.

Jyuri tomonidan quyidagi jihatlar alohida e’tirof etildi:
• suvni yuqori samaradorlikda tozalash imkoniyati
• intellektual tahlil va avtomatlashtirilgan boshqaruv
• avtonom va energiya tejamkor yechim
• amaliy joriy etish va kengaytirish salohiyati
Mazkur natija universitetda ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarning uyg‘un rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro miqyosda rivojlantirish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.
Kelgusi bosqich — loyihani kengaytirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish.