“Yo‘l xaritasi”dagi ishlar yuzasidan, Qashqadaryo viloyati soha xodimlari belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmini muhokama qilishdi.

24.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Qashqadaryo viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ilmiy yechimlariga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”dagi ishlar yuzasidan, Qashqadaryo viloyati xokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslaxatchisi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori O‘.Qahhorov, Amu-Qashqadaryo xavza boshqarmasi boshlig‘i F.Siddiqov, Boshqaruv samaradorligi agentligining xududiy filiali rahbari B.Jo‘raev xamda xududlardagi soha xodimlari belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmini muhokama qilishdi.

Qashqadaryo viloyatida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarning ilmiy yechimiga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”da 2026 yilda jami 9 ta yo‘nalishda amalga oshiriladigan quyidagi ishlar belgilab olindi:

– jami 538 mln m³ (215 mln m³ suv tejovchi texnologiyalar va 323 mln m³ esa sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash hamda boshqa tegishli tadbirlar hisobidan) suvni iqtisod qilish;

– mavjud 2,5 ming km kanallardan 903 km qismi tuproq o‘zanli hisoblanib, 2026 yilda jami 779 km (shundan 108 km magistral va tumanlararo, 187 km ichki hamda 484 km fermer va klaster) kanallarni betonlashtirish;

– 47,6 ming gektar maydonda suvni tejovchi texnologiyalar (jumladan, 16,7 ming gatomchilatib, 5,3 ming ga yomg‘irlatib, 3,8 ming gadiskret sug‘orish hamda 21,8 ming ga boshqalar)joriy etish;

– sho‘rlangan yerlar ulushini 1,2 ming gektarga qisqartirish;

– 18 ta nasos agregatlari va elektrodvigatellarni almashtirish hisobiga 30mln kVt/s elektr energiyasini tejash;

– davlat-xususiy sheriklik asosida 5 ta nasos stansiyasini xususiy sherikka berish, natijada 13 mln kVt/s elektr energiyasini tejash;

– loyiha va rejalar doirasida “Pachkamar”suv omboridan 139 km, “Qamashi” suv omboridan 50 km yopiq suv tarmoqlari tortish loyihalarini boshlash hamda 16 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish va 1 ming gektar yaylov maydonlarini tiklash ishlari amalga oshiriladi.

Xokimning ilmiy maslahatchisi va biriktirilgan mas’ullar “Yul xaritasi” asosida bugungi kungacha bajarilgan ishlar bilan tanishish maqsadida xududlarda kerakli  ilmiy asoslangan tavsiyalar berishmoqda.