"Cooperation for Sustainable Development: Green Digital Smart" xalqaro forumida ishtirok

23.04.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik

2026-yilning 14-18-aprel kunlari Dushanbe shahrida 57 ta davlat vakillari ishtirokida o‘tgan "Cooperation for Sustainable Development: Green Digital Smart" xalqaro forumida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi muvaffaqiyatli qatnashdi. Tadbir doirasidagi ilmiy anjuman va sho‘ba majlislarida "Boshqaruv va turizm" kafedrasi professor-o‘qituvchilari — B. Shafkarov, D. Shavkiddinova, S. Xudoynazarova va G. Arifxanovalar о‘tkazilgan muzokaralar natijasida xalqaro ekspertlar hamda soha olimlari bilan o‘zaro tajriba almashish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va kelgusi strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha mustahkam poydevor yaratiladi.

"Ustozlarning ilmiy rahbarligi va ma’naviy ko‘magi ostida xalqaro olimpiadada iqtidorli talabamiz Azimjonov Muxsinjon 'Iqtisodiyot' fani bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘a — noutbuk bilan taqdirlandi. Shuningdek, delegatsiyamiz tarkibidagi boshqa iqtidorli talabalarimiz ham xalqaro sertifikatlarga munosib ko‘rildilar."

Bunday forumlar xalqaro olimpiadalar talabalarimiz va professor o'qituvchilarimiz uchun katta tajriba va xalqaro maydonda o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini yaratdi va olgan tajribalarini amaliyotga joriy etadi.