“Avval-log‘on” nasos stansiyasi haqida

23.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Farg‘ona viloyatining Suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ilmiy yechimlarga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

2026- yil 20-aprel kuni “Avval-Log‘on” nasos stansiyasi foydalanishga topshirishda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari A.Tursunov, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, Farg’ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchi S.Isayev, tuman hokimi X.Inomov va Sirdaryo–So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbari F.Tursunov, “Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Rasmda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari A.Tursunov, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, Farg’ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchi S.Isayev, tuman hokimi X.Inomov.

Mazkur yirik infratuzilma obyekti Jahon banki moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Xitoy qurilish kompaniyasi tomonidan barpo etildi.

Loyiha doirasida qariyib 30 million dollar miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobidan nasos stansiyasi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan bino va inshootlar qurildi.



Ушбу “Avval-Log‘on” nasos stansiyasi yer osti suvlarini yig‘ish orqali bosimli quvur diametri 1200 mm. bosimli quvurning uzunligi 9,2 km. 1 ta nasosning hisobiy suv uzatish 0,670 m3/sekund, nasos stansiyasining FIK 8590 % na tashkil etadi va Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi 5 ming gektar ekin yer maydonlarini suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi hamda suv bilan ta’minlanish evaziga hosildorlikni 30 sentnerga oshirishga erishiladi.

O‘rganish davomida tahlil qilinib, “Avval-Log‘on” nasos stansiyasi foydalanishga topshirib olishda nimalarga etibor berish yuzasidan tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

O‘rganilgan “Avval-Log‘on” nasos stansiyasida dual ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Gidrotexnik qurilish”, “Gidrotexnika inshootlarida nasos stansiyalaridan foydalanish” ва “Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo‘nalishlari talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlari hamda ularning yashash sharoitlarini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib olindi.


TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, Farg’ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchi S.Isayev axboroti

Universitet matbuot xizmati