Suv tejash — dolzarb vazifa

23.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Samarqand viloyati

“Maroqand-Sifati” klasteri tashabbusi bilan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizimiga qarashli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 1 kunlik amaliy seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiev xamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati hokimining ilmiy maslahatchisi Ilxom Ruzievlar ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Seminar doirasida ishtirokchilar dastlab, “Oyto‘la” fermer xo‘jaligida geo-kompozit LK-80 latoklardan foydalanish tajribasi namoyish etildi.

Mazkur innovatsion yechim suvni tejash, uni belgilangan manzilga tez va samarali yetkazish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.