O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli Qarori ijrosi yuzasidan.
21.04.2026
Dron texnologiyalari – qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yangi bosqich.


Xitoy Xalq Respublikasining “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi asosida uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘nalishida “MMC” kompaniyasi hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida sanoat kooperatsiyasiga oid o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Muzokaralar chog‘ida “MMC” kompaniyasi direktori Fan Guoyuan va universitet rektori Baxodir Mirzaev ishtirokida “Aqlli dron laboratoriyasi”ni tashkil etish, shuningdek, uni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan yo‘l xaritasi muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik doirasida aqlli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda infratuzilmani takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy dron yechimlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbus Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-texnologik aloqalarni yanada mustahkamlash, innovatsion ishlanmalarni keng tatbiq etish hamda milliy iqtisodiyot barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.