O‘zenergoinspeksiya mutaxassislarining energetika sohasida malakasi oshirilmoqada
21.04.2026
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
"World Bank" ko‘magida tashkil etilgan 7 ta o‘quv kursining birinchi seminari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti bazasida tashkil etildi.

Seminar doirasida elektr energetika infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish va monitoring, releli himoya va avariyaviy rejimlarni tahlil qilish, shuningdek, energetikada zamonaviy nazorat texnologiyalarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur seminarlar seriyasi respublika hududlarida izchil ravishda o‘quv dasturi asosida o‘tkazilib, O‘zenergoinspeksiya xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash va elektr energetikasida davlat nazorati tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan.