Zamonamiz ta’limida “Kun qaxramoni”
20.04.2026
Joriy yilning 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Besh avlod uchrashuvi”
nafaqat bir tadbir, balki ta’lim va tarbiya sohasidagi uzviylik, ustoz-shogird an’analarining
yorqin ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu mazmunli anjuman Professional
ta’lim kafedrasi professori Ismailova Zuxra Karabaevnaning tavallud kuni munosabati
bilan tashkil etilgani bilan yanada fayzli va xotirjam muhitda o‘tdi.
Kafedrada va universitet miqyosida o‘zining samarali ilmiy
faoliyati, yuksak mas’uliyati va fidokorona mehnati bilan tanilgan Z. Ismailova
haqiqatan ham “KUN QAHRAMONI” degan yuksak
e’tirofga munosib shaxsdir. Ustozning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, amaliy natijalarga
yo‘naltirilgan tadqiqotlari va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yondashuvlari
bugungi zamonaviy ta’lim taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Ayniqsa,
ularning professional ta’lim sohasidagi ilmiy qarashlari va metodik tavsiyalari
yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zuxra Karabaevna nafaqat yetuk olim, balki samimiy ustoz
sifatida ham talabalar va yosh tadqiqotchilar qalbida chuqur hurmat qozongan. U
kishi shogirdlariga nafaqat bilim, balki hayotiy tajriba, ilmiy madaniyat va insoniy
qadriyatlarni ham bag‘ishlab kelmoqda. Ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy muloqot,
o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash muhiti aynan shunday insonlar faoliyati orqali
shakllanadi.
“Besh avlod uchrashuvi”da turli avlod vakillarining bir
davrada jam bo‘lishi esa Z. Ismailovaning boy ilmiy maktabi va keng qamrovli ta’sir
doirasini yaqqol namoyon etdi. Bu uchrashuv ilm-fanning uzviyligi, an’ana va innovatsiya
uyg‘unligining yorqin timsoliga aylandi.
Shuni ta’kidlash joizki,
bunday fidoyi ustozlar jamiyat taraqqiyotining asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi.
Zuxra Karabaevna Ismailova kabi ilm ahli o‘zining yuksak salohiyati, samimiyligi
va beqiyos mehnati bilan nafaqat bugungi kunning, balki kelajak avlodlarning ham
haqiqiy qahramonidir.
“Professional
ta’lim”
kafedrasi
mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet
matbuot xizmati