“Oliygoh kubogi” tanlovlari natijalari e'lon qilindi.

13.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik #Ta`lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda iqtidorli yoshlar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 100 million so‘m bo‘lgan “Oliygoh kubogi” tanlovlari tashkil etildi.

Mazkur tanlov universitet rektorining 2026-yil 6-martdagi 76-a/f-son buyrug‘i asosida o‘tkazilib, unga muvofiq nizom, ishchi guruh, baholash komissiyasi va mas’ul xodimlar tarkibi tasdiqlandi.

Tanlovlar joriy yil 7–8-aprel kunlari quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi:

- Qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari

- Sun’iy intellekt

- Kiberxavfsizlik

- 3D modellashtirish

Musobaqalarda ishtirok etish uchun jami 200dan oshiq talabalar ro‘yxatdan o‘tishdi. Ishtirokchilar o‘z loyihalari va ishlanmalarini komissiya oldida taqdim etib, belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

Qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari tanlovi:

1-o‘rin, 2-bosqich magistranti, Abdumannobov Biloliddin Baxtiyorjon o‘g‘li;

2-o‘rin, 2-bosqich magistranti, Turdiboev Avazhon Ravshan o‘g‘li;

3-o‘rin, 3-bosqich talabasi, Adhamov Saidvalixon Aziz o‘g‘li;

Sun’iy intellekt:

1-o‘rin, 2-bosqich talabasi, Raxmatullayev Bobomurod Akmaljon o‘g‘li;

2-o‘rin, 4-bosqich talabasi, Safarov Sardor Umid o‘g‘li va To‘xtaboyeva Gulbahor Azimboy qizi;

3-o‘rin, 2-bosqich talabasi, Valiyev Muhammadjon;

Kiberxavfsizlik:

1-o‘rin, 3-bosqich talabasi, Mirzayev Bobur Baxodirovich;

2-o‘rin, 3-bosqich talabasi, Qurbonazarov Daston Xudoynazarovich;

3-o‘rin, 2-bosqich talabasi, Lutfulloyev Yoqub Xayrullo o‘g‘li;

3D modellashtirish:

1-o‘rin, 2-bosqich talabasi, Ruzimatova Shirin Toxir qizi;

2-o‘rin, 1-bosqich talabasi, Ubaydullayev Nurulla Abdulla oʻgʻli;

3-o‘rin, 2-bosqich talabasi, Baxronov Rahmiddin Jahongir o‘g‘li.

Tanlovda g‘olib bo'lgan talabalar belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, 1-o‘rin sohiblari “Muhandislik oyligi” doirasida o‘tkaziladigan Vazir kubogi tanlovlarida ishtirok etish uchun vazirlikka tavsiya etildi.

Shu o‘rinda ushbu natija bilan iqtidorli talabalarni muborakbod etamiz ham kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.