“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Tsinghua EMBA Alyansi (O‘zbekiston) direktori Sindi tashrif buyurdi.
13.04.2026
Tashrif doirasida universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor B. Xudoyarov ishtirok etdi. Tomonlar hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda “Tsinghua University” delegatsiyasining kutilayotgan tashrifi, “Xiamen University” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’lim, ilmiy tadqiqot va universitet–korxona hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Ma’lum qilinishicha, 28-apreldan 2-mayga qadar “Tsinghua” sanoat alyansi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, yirik kompaniyalar rahbarlari mamlakatimizdagi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganadilar.

Shu bilan birga, “Xiamen Airlines” bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgani ta’kidlandi. Bu kelgusida transport, logistika va amaliyot yo‘nalishlarida samarali hamkorlik uchun zamin yaratadi.
Mazkur tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.