“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

13.04.2026

#Rektordan #Yangilik

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. 

Unda Respublika kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullaev Abdushukur Hamidovich hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiev Mohir Kamolovich universitet rektori Mirzaev Baxodir Suyunovich bilan uchrashdilar. 

Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi: 

– talabalar uchun 6 oylik pullik amaliyotni tashkil etish;

– ishlab chiqarish tashkilotlarida ko‘chma amaliy mashg‘ulotlar va qo‘shma darslarni yo‘lga qo‘yish;

– kafedra filiallarida magistrlar va doktorantlar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;

– ishlab chiqarishdagi muammolar asosida dissertatsiya mavzularini shakllantirish va ilmiy loyihalarni e’lon qilish;

– Kadastr agentligi stipendiyasini ta’sis etish. 

Uchrashuvda belgilangan vazifalar PQ-122-sonli qarorda nazarda tutilgan ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash hamda sohada ilmiy yechimlarni joriy etishga xizmat qiladi. 

Mazkur muloqot kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.