“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida rektorning xorijiy talabalar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
13.04.2026
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan faol fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xususan, o‘quv jarayonida adabiyotlar ta’minoti, fanlarni o‘zlashtirish holati, talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari, viza muddatlari, shuningdek, o‘z yurtlariga borib kelish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar bo‘yicha savol va takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida xorijiy talabalar uchun viza muddatlarini uzaytirish, amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirishga oid masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Talabalarning murojaatlari har tomonlama ko‘rib chiqilishi, ular yuzasidan aniq va samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi Rektor tomonidan aloxida ta’kidlandi.


Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning
muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning manfaatlarini himoya qilish va
ta’lim sifati hamda ijtimoiy sharoitlarni yanada yaxshilashda muhim ahamiyat
kasb etadi.