Yashil koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha CAREC ishchi guruhining uchinchi yillik yig‘ilishi boʻlib oʻtti.
13.04.2026
Joriy yilning 31-mart–3-aprel kunlari Turkiyaning Istanbul sharida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) dasturi doirasida Yashil koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha CAREC ishchi guruhining uchinchi yillik yig‘ilishi boʻlib oʻtti. Yigʻilishda "Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) dasturi ishtirokchi 9 ta davlatlari: Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikasi, Moʻgʻuliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston oliy ta’lim vazirligi va qishloq xoʻjaligi universitetlaridan vakillar ishtirok etishdi. O‘zbekistondan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi I.Nematov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi departament boshligʻi F.Azimov, Universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Sh.Shokirov, Universitetimiz huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Suvanovlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish
davomida Yashil iqtisodiyotga oʻtish, bu borada qishloq xoʻjaligi, energetika,
transport, qurilish, sanoat va boshqalar kabi bir nechta sohalarni qamrab olgan
duch kelinayotgan qiyinchiliklar muhokama qilindi. Yashil iqtisodiyotga oʻtish
qulay muhit yaratish, yashil moliyalashtirishga kirishish va barqaror texnologiyalarni
rivojlantirish uchun hududdagi malakatlarning birgalikdagi sayi-harakatlarni
talab qiladi.

Ushbu
dolzarb global muammolarni hisobga olib, Osiyo Taraqqiyot Bankining “Markaziy
Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) dasturi doirasida yashil koʻnikmalarni
rivojlantirishni kuchaytirish” texnik yordam loyihasi yashil ko‘nikmalar boʻyicha
ta’limga qaratilgan boʻlib, sohadagi kadrlarning salohiyatni oshirish va koʻnikmalarni
rivojlantirishga qaratilgan.

Universitetimiz tomonidan Yashil koʻnikmalar mintaqaviy markazini tashkil etish va “Barqaror rivojlanish uchun yashil inklyuziv oʻzgarish” mazusida akademik kurs (modul) ishlab chiqish loyihalarida ishtirok etmoqda. Ushbu modulning asosiy maqsadi atrof-muhit, ekologiya va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi magistratura talabalarini oʻzlarining texnik bilimlarini CAREC mintaqasida samarali, barqaror rivojlanish natijalariga aylantirish uchun zarur boʻlgan muhim ijtimoiy kompetentsiyalar bilan ta’minlashdir. U yashil yechimlar (texnik jihatlar) nima ekanligidan tashqari, ularning qanday qilib inklyuziv tarzda amalga oshirilishiga e’tibor qaratadi.