Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi
10.04.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan buyuk ajdodimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatdi.
Shu munosabat bilan universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar poytaxtimiz markazida joylashgan Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning tarixiy merosi, uning davlatchilik an’analari hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr almashdilar.
Marosim doirasida Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, uning yorqin xotirasiga chuqur ehtirom bajo keltirildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan ajdodlar merosini asrab-avaylash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish, tarixiy merosga bo‘lgan ehtiromni yuksaltirishga xizmat qildi.