“English Wizards Competition” muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
09.04.2026
“Iqtisodiyot” fakultetida “Ingliz tili” kafedrasi o'qituvchilari Marg'uba Xudaberganova, Nargiza Yuldashova, Umida Parpiyeva, Mohidil Ziyadulloyeva va Kamila Kenjayevalar boshchiligida yo'lga qo'yilgan "Integrated English Linguistics Project" loyihasi doirasida “Xorijiy til va tillarni o‘qitish: Ingliz tili” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli qiz talabalar o‘rtasida “English Wizards Competition” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi filologiya sohasida bilimli, tanqidiy fikrlovchi hamda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Tanlov soat 13:30 da boshlanib, qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan ushbu bellashuvda talabalar 3 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etib, jamoaviy hamkorlik, bilim va ijodkorlik borasida o‘zaro kuch sinashdilar. Hamda ishtirokchilar ijodiy o‘zini tanishtirish, lingvistik sinov, tezkor grammatika savollari, fonetik sinov (Spelling Bee) hamda ijodiy chiqish (rol o‘ynash) bosqichlarida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Tanlov yakunida g'olib jamolar o'rinlar bilan hamda eng faol va iqtidorli ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Tadbirni tajribali va malakali hakamlar hay’ati — Zuxra Ismailova, Umida Sangirova, Baxtijon Isroilova, Xursandbek Ruzmetov hamda Sarvar Norimov baholab bordi. Hakamlar ishtirokchilarning bilim darajasi, nutq madaniyati, sahnadagi o‘zini tutishi va ijodkorligini xolisona baholadilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, erkin fikrlashi va sahnadagi chiqishlari bilan ajralib turdilar. “English Wizards Competition” tanlovi yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, barcha qatnashchilar va tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Ushbu tanlov yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon etish, bilimlarini mustahkamlash va yangi yutuqlarga ilhom olishlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
"Ingliz tili" kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati