Baku Slavyan universiteti tomonidan tashkil etilgan “Baynalminal turkologiya tadqiqotlari” mavzusidagi anjumanda “Tillar” kafedrasining ishtiroki
08.04.2026
«TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Tillar” kafedrasi mudiri, professor Shaxzoda Abdullaeva 2026-yil 7-apreldan 8-aprelgacha bo‘lgan muddatda Baku Slavyan universiteti tomonidan tashkil etilgan “Baynalminal turkologiya tadqiqotlari” mavzusidagi anjumanda “Komparativ talqin asosida Abdulla Oripov va Zelimxan Yaqub ijodini ta'lim muassasalarida o‘rganishning pedagogik ahamiyati “ ma'ruzasi bilan ishtirok etdi va tegishli sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, safar davomida professor Sh.A.Abdullaeva Baku Slavyan universitetining Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti faoliyati, ta'lim yo‘nalishlarida olib borilayotgan didaktik jarayonlar xaqida ma'lumot berildi. Baku Slavyan universitetining “Filologiya” fakulteti bilan tizimli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga quyishga kelishib olindi.