Baku Slavyan universiteti tomonidan tashkil etilgan “Baynalminal turkologiya tadqiqotlari” mavzusidagi anjumanda “Tillar” kafedrasining ishtiroki

08.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

«TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Tillar” kafedrasi mudiri, professor  Shaxzoda Abdullaeva  2026-yil 7-apreldan 8-aprelgacha bo‘lgan muddatda Baku Slavyan universiteti tomonidan tashkil etilgan “Baynalminal turkologiya tadqiqotlari” mavzusidagi anjumanda  “Komparativ talqin  asosida  Abdulla Oripov  va Zelimxan  Yaqub  ijodini ta'lim muassasalarida o‘rganishning pedagogik ahamiyati “ ma'ruzasi bilan ishtirok etdi va tegishli sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi.


Shuningdek, safar davomida professor Sh.A.Abdullaeva  Baku Slavyan universitetining Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti faoliyati, ta'lim yo‘nalishlarida olib borilayotgan didaktik jarayonlar xaqida  ma'lumot berildi. Baku Slavyan universitetining “Filologiya” fakulteti bilan tizimli  o‘zaro hamkorlikni  yo‘lga quyishga kelishib olindi.