Harbiy va fuqarolik ta’limi uyg‘unligida psixologik yondashuvlar

08.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2026-yil 7-aprel kuni “Professional ta’lim” kafedrasi hamkorligida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Tarix” yo‘nalishi talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti “Harbiy psixologiya” yo‘nalishi kursantlari ishtirokida integratsiyalashgan psixologiya darsi tashkil etildi.

Mazkur darsning asosiy maqsadi talabalar va kursantlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, psixologiya faniga oid nazariy bilimlarni amaliy jihatlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘ldi.

Dars jarayonida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi hamda turli interaktiv metodlar orqali bilimlar mustahkamlandi. Talabalar va kursantlar mashg‘ulotda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini samarali namoyon etdilar.

Universitet matbuot xizmati