“Melioratsiya va suv xo'jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi” fanidan o’tkasiladigan amaliy darslar

08.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2026-yil 07 –aprel kuni  “Toshkent irrigatsiya  va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Suv xo’jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash” bakalavr ta’lim yo’nalishi  4- kurs sirtqi bo’lim talabalariga  Melioratsiya va suv xo'jaligi texnikalari ekspluatatsiyasifanidan  o’tkasiladigan amaliy darslarni   O’zbekistondagi  Xitoy davlatining  SANY kompaniyasida tashkil etilgan o’quv markazida olib borildi.   

SANY kompaniyasi mutaxassislari tomonidan  Zamonaviy meliorasiya va suv xo’jaligi texnikalaridan foydalanish talablari,  ularning tarkibidagi agregatlarning  vazifasi, ishlash jarayoni va ulardan foydalanishga qo‘yilgan  talablar mavzusidagi amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi.  Talabalar tomonidan berilgan savollarga    atroflicha  aniq  misollar keltirilib  javoblar berildi.