“Melioratsiya va suv xo'jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi” fanidan o’tkasiladigan amaliy darslar
08.04.2026
2026-yil 07 –aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Suv xo’jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash” bakalavr ta’lim yo’nalishi 4- kurs sirtqi bo’lim talabalariga “Melioratsiya va suv xo'jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi” fanidan o’tkasiladigan amaliy darslarni O’zbekistondagi Xitoy davlatining SANY kompaniyasida tashkil etilgan o’quv markazida olib borildi.

SANY kompaniyasi
mutaxassislari tomonidan Zamonaviy meliorasiya
va suv xo’jaligi texnikalaridan foydalanish talablari, ularning tarkibidagi agregatlarning vazifasi, ishlash jarayoni va ulardan
foydalanishga qo‘yilgan talablar
mavzusidagi amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha aniq
misollar keltirilib javoblar berildi.