“Sohibqiron merosi — yoshlar nigohida”

08.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kuni munosabati bilan 2026 yil 7-aprel kuni Yer resurslari va kadastr hamda Gidrotexnika qurilishi fakultetlari jamoalari bilan birgalikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba yoshlar ortasida tarixiy merosga hurmatni oshirish, ularning bilim va tafakkur salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, jamoaviy ishlash konikmalarini mustahkamlashdan iborat boldi.

Intellektual oyinda 4 ta jamoa — “Saltanat”, “Oq saroy”, “Adolat” va “Tuzuk” guruhlari ozaro bellashdilar. Savollar asosan Amir Temur hayoti va faoliyati, Temuriylar davri tarixi, milliy qadriyatlar, shuningdek, mantiqiy va umumiy bilimlarga oid mavzularni qamrab oldi.

 “Oqsaroy” jamoasi-30 ball

“Saltanat” jamoasi-25 ball

“Adolat” jamoasi 20 ball topladilar

Yakunda golib jamoalar aniqlanib, ular tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir songida ta’kidlanganidek, bunday intellektual oyinlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishda hamda buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur organishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu tadbirga S.Xikmatullaev, F.Yunusova , Z.Xafizova, D. Murodova va talabalar ishtirok etdilar.

TIQXMMI MTU axborot xizmati