2-kun. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining 3-xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi: Dushanbe shahri.

08.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Ta’lim ko‘rgazmasining 2-kunida Dushanbe shahridagi maktab bitiruvchilariga universitet jamoasi tоmоnidan ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida Dushanbe shahrida joylashgan maktab va litseylarda tahsil olayotgan 15 mingdan ortiq bitiruvchilar ishtirok etdi. Tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 aprel kuni "Qishloq va suv xo‘jaligi muhandis kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 122-sonli qarorida belgilangan "Xalqaro suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan “Ta’lim sifati va xalqaro standartlar” mavzusida tashkil etilgan davra suxbatida ishtirokchilarga universitet to‘g‘risidagi taqdimot tanishtirildi.

Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchimiz I.Ergashev bilan Tojikistonlik yoshlarni universitetga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.