1976-1981 yillarda «Gidromelioratsiya» fakultetida tahsil olgan bitiruvchilarning 45 yildan so‘ng uchrashuv
07.04.2026
2026 yilning 4 aprel kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida 1976-1981 yillarda «Gidromelioratsiya» fakultetida tahsil olgan bitiruvchilarning 45 yildan so‘ng uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilayotgan “Navro‘z” bayrami tadbirlari bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketdi. Qutlug‘ uchrashuviga 60 dan ortiq bitiruvchilar ishtirok etdilar. Tashrif davomida mehmonlarga fakultet dekani J.Q. Ishchanov hamda professorlar R.R. Ergashev va B.Sh. Matyakubovlar hamrohlik qilishdi. Bitiruvchilar so‘nggi yillarda universitet jamoasining erishilgan yutuqlardan hayratda ekanliklarini bildirishdi. Ayniqsa, universitetning tarixiy va zamonaviy muzeylari, axborot-resurs markazida (kutubxona) talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar hamda Abdulla Oripov muzeyining tashkil etilganligi ularda juda katta tassurot qoldirdi.

Universitetning majlislar zalida rektor Mirzaev
Bahodir Suyunovich bilan o‘tkazilgan samimiy uchrashuv va universitet istiqboli
haqidagi qisqacha taqdimot bitiruvchilar qalbidan chuqur joy oldi. Shuningdek, mazkur
tadbirga bitiruvchilarning suyukli ustozlari - professor M.R. Bakiev, professor
B.K. Saliev, dotsentlar: Halima Rahmatova va Baxtiyor Qodirovlar taklif etildi.
Ustozlar o‘z shogirdlari bilan faxrlanishlarini ta’kidlab, samimiy va iliq fikrlarini
o‘rtoqlashdilar. Bitiruvchilar so‘zga chiqib, ushbu uchrashuvni yuqori darajada
tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdilar
va Gidromelioratsiya fakultetida ta’lim olayotgan
talabalarga Tennis stolini esdalik sovg‘a sifatida taqdim etdilar.