1-kun. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti jamoasi xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida

07.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik #Xalqaro hamkorlik

Universitetda ta’lim olayotgan xorijlik talabalar geografiyasini kengaytirish uchun xorijlik fuqarolarga universitetda yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirish, talabalar safiga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. “Tojikiston-2026” xorijiy universitetlar ta’lim ko‘rgazma-festivalida “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi mavjud bakalavr ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada uch yuz mindan ortiq maktab bitiruvchilari va xorijda oliy ta’lim olish istagidagi yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ta’lim ko‘rgazmasining birinchi kunida 30 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, universitetlarning ta’lim imkoniyatlari va ta’lim dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishdi.

Universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni, talabalarga yaratilgan sharoitlar, mavjud laboratoriyalar va ta’lim sifati to‘g‘risida Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Dilrabo Mansuri va Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Raxim Saidzodaga ma’lumot berildi.