Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan haftalik tadbirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

06.04.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

2026-yilning 7-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan haftalik tadbirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur tadbirda temurshunos olimlar va tadqiqotchilar, taniqli rejissyor va aktyorlar, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ochilish marosimida Amir Temurning boy tarixiy merosi, davlatchilikni rivojlantirishdagi ulkan hissasi va yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.


Tadbirda taklif etilgan mehmonlar tomonidan buyuk sohibqironning hayot yo‘li, davlat ishlari siyosati, harbiy yurishlari ma’lumotlar berildi. Uning dunyo tarixida tutgan o‘rni borasida atroflicha fikr yuritildi va mamlakatimizda bugungi kunda adolat tamoyili asosida olib borilayotgan jihatlarga mosligi atroflicha tahlil etildi.


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, haftalik doirasida ma’ruzalar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ko‘rgazmalar va turli tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali talabalarning tarixiy ongini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.