LUPIC xalqaro loyiha doirasida universitetimizda Koreyalik ekspertlar tomonidan Trening dasturi tashkil etildi
01.04.2026
Joriy yilning 1 Aprel sanasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida LUPIC (Leading Universities Project for International Cooperation) xalqaro loyihasi doirasida muhim amaliy trening dasturi tashkil etildi.
Mazkur loyiha Janubiy Koreyaning Keimyung College University hamda universitetimiz hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihada universitstimiz rektori B. Mirzayev loyiha maxalliy koordinator sifatida faoliyat olib bormoqda.
Loyiha doirasida universitetga zamonaviy kompyuterlar va o‘quv-laboratoriya uskunalari olib kelinib, ular to‘liq o‘rnatildi hamda amaliy foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning 1-aprel kuni Xalqaro Treningning birinchi bosqichi o‘tkazildi. 2026-yil 1-aprel kuni trening dasturining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar Koreya–O‘zbekiston Treyning o‘quv markazida tashkil etildi.
Treningni Keimyung College University professori Jongrib Ha olib bordi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari hamda shu yo'nalishda taxsil oluvchi talabalari,tadqiqotchilar faol ishtirok etdilar.

Trening dasturi Janubiy Koreyadan loyiha menejeri Yelim Kim hamda " O'zbekistondan " Ingliz tili" kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova tomonidan tashkil etildi.
Birinchi kun davomida ishtirokchilar:
- pnevmatik uskunalar bilan ishlash asoslari
- zamonaviy texnologiyalarni amaliy qo‘llash
- yangi o‘rnatilgan qurilmalar imkoniyatlari
- bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Amaliy yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar Trening jarayonida aynan loyiha doirasida keltirilgan yangi uskunalar va jihozlardan foydalanildi. Bu esa ishtirokchilarga zamonaviy texnikalar bilan bevosita ishlash imkonini yaratdi.
Shuningdek, trening doirasida Ingliz tili kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova tomonidan mehmonlar uchun universitet bo‘ylab qisqa tanishtiruv (tur) tashkil etildi.
Mazkur trening universitetda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.