Birga hayotni saqlaymiz
01.04.2026
"TIQXMMI" MTUda 30-mart sanasida “Donorlik -bitta tomchi-bitta hayot” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirga oliy toifali shifokor Alieva Adelya Elmanovna tashrif buyurdi.
Tadbirni
Unniversitet Xotin-qizlar maslalari bo’yicha rektor maslahatchisi U.Sangirova
so’zga chiqib tadbirni ochib berdi va
bugungi kunda inson salomatligini saqlash va hayotni qutqarishda donorlikning
o’rni beqiyosdir deb ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng
tadbir mehmoni oliy toifali shifokor Alieva Adelya Elmanovnaga so’z berildi.

Donorlik bu insonparvarlikning eng oliy
ko’rinishlaridan biri bo’lib, u bemorlarga yordam berishning samarali va zarur
yo’lidir. Donorlar o’z qoni yoki uning tarkibiy qismlarini (plazma,
trombotsitlar) bepul va ixtiyoriy ravishda topshirishidir.
Muntazam ravishda qon topshirib turuvchi
donorlar nafaqat boshqalarga yordam beradilar, balki o’z salomatliklariga ham
ijobiy ta’sir ko’rsatadilar.
Donor
bo’lish har bir inson uchun ham mas’uliyatli ham ezgulik hisoblanadi.