“World Water Olympiad 2026” xalqaro talabalar olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

31.03.2026

#Ta`lim

“Tashkent Water Week” doirasida Butunjahon suv kuni munosabati bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “World Water Olympiad 2026” xalqaro talabalar olimpiadasi  tashkil etildi. Mazkur nufuzli ilmiy-intellektual bellashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan 200 nafarga yaqin iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar.


Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi:

1-bosqich – kompyuterda test sinovlari;

2-bosqich – yozma hamda og‘zaki savol-javob shaklida.


Ishtirokchilar suv resurslarini boshqarish, ekologiya, irrigatsiya va zamonaviy muhandislik yechimlari yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.


Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin – Kurbanova Kamila, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 4-bosqich talabasi;

2-o‘rin – Ruslanova Akinoy, Kyrgyz Russian Slavic University named after B. N. Yeltsin 4-bosqich talabasi;

3-o‘rin – Erkinov Ne’mat, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 1-bosqich talabasi.


G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar:

1-o‘rin sohibiga noutbuk,

2-o‘rin uchun planshet,

3-o‘rin egasiga smartfon topshirildi.


Shuningdek, olimpiadada faol ishtirok etgan talabalar maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.


Mazkur olimpiada yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, suv xo‘jaligi sohasida innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.