Sog’liqni saqlash muzeyiga tashrif tashkil etildi

31.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

“Biologiya” yo‘nalishi talabalari bilan Odam anatomiyasi” fanidan Q.Zoirov nomidagi Sog’liqni saqlash muzeyiga tashrif tashkil etildi. Sog’liqni saqlash muzeyi o‘zining boy va tarixiy eksponatlari bilan, tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonning Sog‘liqni saqlash sohasidagi tarixi haqida chuqur bilim berish imkoniyatini yaratdi.

Tashrif davomida, talabalar muzeyning turli bo‘limlari bilan tanishdilar va muzey xodimlari tomonidan uyushtirilgan ma’ruza va qo‘llanmalardan foydalandilar. Bular orqali ular o‘z bilimlarini boyitdilar va odam anatomiyasi faniga bo‘lgan qiziqishlari oshdi. Bu tadbir guruhlar orasida davomiy grafik asosida davom etadi.

              Universitet matbuot xizmati