“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Fransiyaning SCP kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
31.03.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
18.03.2026 y. Samarqand viloyatiga tashrifidagi topshiriqlari amalda:
“TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universitetida Fransiyaning SCP kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda
quyidagi muhim masalalar va kelishuvlar qayd etildi:


SCP kompaniyasi loyiha direktori Julien Lecollinet «Qoratepa» suv omboridan chiqadigan irrigatsiya tarmog‘ini yopiq suv quvurlari tizimiga o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi. Mazkur tizimning joriy etilishi natijasida:
-Kanallarning foydali ish koeffitsientini 90 % gacha yetkazish;
-Nasos stansiyalarida
yuqori energiya tejamkorligiga erishish va qo‘shimcha mini GESlarni qurish;
-Suv ta’minoti barqarorligini tubdan yaxshilash imkoniyatlari ilmiy asoslab berildi.

Tomonlar loyiha
konsepsiyasini yaratish va texnik iqtisodiy jihatdan baholash hujjatlarini tayyorlash,
sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish hamda loyihani FAZEP dasturi doirasida
moliyalashtirish va 2 nafar magistrantlarni Fransiyadagi SCP ob’ektlarida 6 oylik
amaliyot o‘tashi bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.