“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Fransiyaning SCP kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

31.03.2026

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2026 y. Samarqand viloyatiga tashrifidagi topshiriqlari amalda:

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Fransiyaning SCP kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi muhim masalalar va kelishuvlar qayd etildi:


SCP kompaniyasi loyiha direktori Julien Lecollinet «Qoratepa» suv omboridan chiqadigan irrigatsiya tarmog‘ini yopiq suv quvurlari tizimiga o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi. Mazkur tizimning joriy etilishi natijasida:

-Kanallarning foydali ish koeffitsientini 90 % gacha yetkazish;

-Nasos stansiyalarida yuqori energiya tejamkorligiga erishish va qo‘shimcha mini GESlarni qurish;

-Suv ta’minoti barqarorligini tubdan yaxshilash imkoniyatlari ilmiy asoslab berildi.

Tomonlar loyiha konsepsiyasini yaratish va texnik iqtisodiy jihatdan baholash hujjatlarini tayyorlash, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish hamda loyihani FAZEP dasturi doirasida moliyalashtirish va 2 nafar magistrantlarni Fransiyadagi SCP ob’ektlarida 6 oylik amaliyot o‘tashi bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.