“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari uchun Dual ta’limning Yangi shakli uzoq muddatli ishlab chiqarish amaliyoti boshlandi.
30.03.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.03.2026 yildagi topshirig‘i amalda:
Joriy yilning 28 mart kuni Toshkent shimoliy vokzali orqali Gidrotexnika qurilishi fakultetining 3-bosqichida tahsil olayotgan 25 nafar talabalari dual ta’lim asosida Norin GESlar kaskadi ob’ektlarida 6 oylik ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun jo‘nab ketdilar.
Shuningdek,
shu kunning o‘zida yana 15 nafar 3-bosqich talabalari Jizzax viloyati Zarbdor tumani
hududidan o‘tgan DM-3 kanali negizida barpo etilayotgan suv uzatish tizimlari, jumladan,
nasos stansiyalari orqali suv yetkazib beruvchi magistral quvur tarmoqlari, 2 ta
mavjud podstansiya quvvatini oshirish hamda 3 ta yangi nasos stansiyasini qurish
ob’ektlarida amaliyot o‘tash uchun maxsus transportlar orqali yo‘l oldilar.


Talabalarni
jo‘natish jarayoni yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan, “O‘zbekgidroenergo”
AJ tomonidan barcha tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratilib, talabalarning
xavfsiz va qulay safar qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birga,
mas’ul mutaxassislar tomonidan amaliyotni tashkil etish tartibi, xavfsizlik texnikasi
qoidalari hamda ishlab chiqarish intizomi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.


Mazkur dual
ta’lim doirasidagi ishlab chiqarish amaliyotlari talabalarning nazariy bilimlarini
amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, ularni zamonaviy texnologiyalar va ishlab
chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ilm-fan va ishlab
chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.